четверг, 23 мая 2013 г.

СЎНГГИ ШОВ-ШУВЛАР!




Yulduz Usmonovaning Amerikada bo`lib o`tgan konsert dasturi taassurotlari on-line tarzida 20dan ortiq davlatlarga viber, skype va “what`s up” programmalri orqali etkazilib turildi. Bunaqasi hali o`zbek san`atkorlari orasida bo`lmagan. Dunyoning har burchagida yashaydigan Yulduzning fanatlari tashkil qilingan bu on-line reportajdan mamnun bo`lishdi. New Yorkda bo`lib o`tgan konsert dasturi hammaning yodida qoladigan darajada bo`lib o`tdi. Shaxsan Yulduz Usmonova bilan skype orqali kechgan muloqatda, amin bo`ldimki, konsert taassurotlari muxlisalardan kutilgan sog`inch, zavq a`lo darajada bo`lib Yulduzimizga kuch berib turganligi va asosiysi millatdoshlarimiz qaysi davlatda yashamasin  shu davlatda o`z urf-odatlarini birinchi o`ringa qo`yib, millat dovrug`ini dunyoga yanada tanitayotganligidan  g`ururlanishini ta`kidlab o`tdi.  E`tiboringizga konsertdan lavhalar:  http://www.youtube.com/watch?v=tM2qvckRIyk 

Sirojiddin Takxirov
www.shov-shuv.uz xalqaro ishlar prodyuseri

Комментариев нет:

Отправить комментарий