среда, 3 апреля 2013 г.


Usmonovalar xonadonida sumalak…


Yodingizda bo’lsa avvallari Usmonovalar xonadonida sumalak bazmi tez-tez uyushtirib turilar edi. Yulduzlarni bir joyga jamlagan Yulduz Usmonova ajoyib bahoriy taomni birgalikda tayyorlab, barchani yuzida bayramona kayfiyat uf urib turishiga sababchi bo’lar edi. Mana bu yil ham, kuni kecha 1 aprel kechasida Usmonovalar xonadonida sumalak bazmi bo’lib o’tdi.

1 aprel oqshomida start olgan sumalak bazmi juda ham yuqori kayfiyatda davom etdi. Yulduz Usmonova hamda Nilufar Usmonova mehmondo’stlik ko’rsatib yaqin do’st9-u birodarlarni, estradamiz yulduzlarini o’z xonadonlariga taklif etdilar. Jumladan, SB.uz portali ham ushbu ajoyib kechaga taklif etildi. Usmonovalar xonadoniga tashrif buyurar ekanmiz, u yerda bizni Yulduz Usmonovaning turmush o’rtog’i Mansur aka qarshi oldi. Ancha yildan buyon ko’rishmagan ekanmiz, Mansur aka bilan. Eshik oldida keldi-ketdidan xabardor bo’lib turganlar orasida «Tarona Records» ovoz yozish studiyasi direktori Davron Muqimov hamda Diyorbek Mahkamovga ham ko’zimiz tushdi. Shuningdek, Ziyodaning turmush o’rtog’i Eldor ham shu yerda edi. So’ngra sekin-asta ichkari kirib bordik. U yerda Manzura qo’shiq kuylayotgan edi. Shuningdek, o’z navbatini kutib turgan Sherzod BIN bilan ham ikki og’iz suhbatlashishga ulgurdik. Tez kunda «Janob hot-dogchi» nomli yangi filmi prem’erasi bo’lishi kutilayotgan Sherzod ba’zi sabablarga ko’ra film namoyishi ushlanib qolayotganini aytib o’tdi. Tashqarida, sumalak pishayotgan qozon atrofida asosan Usmonovalar xonadoning yaqin do’stlarini ko’rish mumkin edi. San’atga aloqadorlardan ular orasida faqatgina Halima edi. Sumalakni olovi o’chib qolmasligi uchun Halima ham o’z yordamini ayamasdan o’tinlarni qozon tagiga joylashga ko’maklashayotganini guvohi bo’ldik. Nilufar esa yugur-yugur bilan ovora, albatta o’yin-kulguni ham joyiga qo’ydi. Xonadon ichkarisida esa Yulduz Usmonova va bir qator estradamiz vakillari shirin suhbat qurib o’tirishgan ekan. Ular orasida Shahzoda, Ziyoda, Dineyra va Shahzoda Matchonova kabi taniqli yulduzlarimizni ko’rish mumkin edi. Shu kuni sumalak bazmida boshlovchilik qilish vazifasi «Navro’z» radiosi boshlovchisi Otabek Tojiboev zimmasiga yuklatilgan ekan. Albatta u o’z vazifasini a’lo darajada bajardi. Qo’shiq ijro etish navbati ketma-ket yulduzlarimizga taqdim etildi. Ular orasida Nilufar Usmonovaning shogirdlari «Usmonzoda» guruhi qizlarini ham ko’rish mumkin edi. O’yin-kulgu uzoq davom etdi. Bazm yakuniga oz qolganda Yulduz Usmonova ham ko’ngil yozib bir qator qo’shiqlarga raqsga tushdi. Tadbirning badiiy qismi tahminan soat 23:30larda yakuniga yetdi va hammani tanavvul qilish uchun stolga chorlashdi. O’zbegimning oshiga baribir hech qanday taom yeta olmaydi. Nima dedingiz?

Endi esa navbat fotosuratlarga. Ajoyib fotosuratlarni tasvirga tushirishda o’z ko’magini ayamagan «Real Time» foto va video studiyasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.














Комментариев нет:

Отправить комментарий